Aholini ro'yxatga olish-davr talabi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Аholini roʼyxatga olish tadbiri – keng qamrovli, uzoq vaqt va koʼp mablagʼ talab qiluvchi tadbir boʼlib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid boʼlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʼish, umumlashtirish, baholash, tahlil etish va eʼlon qilishning yagona jarayoni boʼlib, aholi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʼlib hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martda qabul qilingan “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonuni aholini roʼyxatga olish boʼyicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk hujjat boʼlib, aholini roʼyxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda aholini roʼyxatga olish tadbiri 2023 yilning 1-25 noyabrь kunlari oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aholini roʼyxatga olish va barcha meʼyoriy hujjatlarni sinovdan oʼtkazish jarayoni joriy yilning noyabr oyida respublikamizning Xiva shahri, Xoʼjaobod, Yuqori Chirchiq, Yashnobod tumanlarida sinov tariqasida oʼtkazilishi belgilangan. Shu oʼrinda taʼkidlash lozimki, bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli koʼpgina davlatlarda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish muddatlarini keyingi yillarga koʼchirish choralari koʼrilmoqda. Prezidentimizning 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655- sonli Farmoniga muvofiq, aholini roʼyxatga olish 2022 yilda oʼtkazilishi belgilangan edi. Bu jarayon respublikamizda mustaqillik yillarida ilk bor oʼtkazilayotganligi inobatga olinib, tadbirga puxta tayyorgarlik koʼrish va uni sifatli oʼtkazish maqsadida 2023 yilga koʼchirildi. Аholini roʼyxatga olishga puxta tayyorgarlik koʼrish maqsadida Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan muntazam ravishda onlayn seminar va davra suhbatlari tashkil etilib, aholini roʼyxatga olish jarayoniga oid maʼlumotlar eʼlon qilib kelinmoqda.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM