Ochiq byudjet portalida g‘olib bo‘lgan taklif ma’lum bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yil 13 avgustdan 02 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 42 ta takliflarga ovoz berildi.

Ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun yaratilgan tashabbusli byudjet jamg‘armasiga maxalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 794.0 mln so‘m ajratildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan 1 ta taklif tashabbuskorlari g‘olib deb topildi.

 Jumladan:

Paxtachi tumani Tadbirkor mahallasi Bahrin-2 qishlog‘i Zakovat ko‘chasi ichki yo‘llarini asfalt qilish  bo‘yicha kiritilgan taklif (summasi 950.0 mln so‘m) -1668 ta ovoz to‘pladi.

Ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun yaratilgan tashabbusli byudjet jamg‘armasiga mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 794.0 mln so‘m ajratildi.