Aholini ro‘yxatga olish jarayonida kimlar hisobga olinadi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yohud vaqtincha O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqorolari va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston respublikasi doimiy yashovchi, ammo aholini ro‘yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari, respondent  sifatida ro‘yxatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi oxirgi xat boshida nazarda tutilgan shaxslar “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditasiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari hamda ularning oila a'zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olinmaydi” deb belgilangan, ammo to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan shaxslar va bir yildan ko‘p muddatda Respublika hududida vaqtincha yashab kelayotgan xorijiy davlatlar fuqorolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisobga olinishi lozimligi qonunda belgilangan.
Mavjud aholi sonini statistik hisobini yuritishda aholini ro‘yxatga olish vaqtida mamlakat hududida bo‘lgan barcha aholi hisobga olinadi. Bunda muddatidan qat'iy nazar mamlakat hududida vaqtincha yashab kelayotgan xorijiy davlat fuqarolari (O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi oxirgi xatboshida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari) va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisobga olinadi.
Doimiy aholi sonining statistik hisobini yuritishda mamlakat hududida doimiy yashovchi hamda mamlakat hududida vaqtincha bo‘lgan, lekin doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolar hisobga olinadi.

S.Turabov
Paxtachi Tuman statistika bo‘limi boshlig‘i

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM