Ochiq muloqot: Yarim yilda yil dasturi ijrosi qanday bo'ldi? Dastlabki natijalar va xulosalar. Investitsiya

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumani hokimligi kichik majlislar zalida tumandagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari hamda mutaxasislar ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.Ochiq muloqotda Paxtachi tumani hokimining o‘rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i- Ergashev Behzod Baxriddinovich -"Yarim yilda yil dasturi ijrosi qanday bo'ldi? Dastlabki natijalar va xulosalar" mavzusida ma'ruza qildi.

Behzod Ergashev o'z ma'ruzasida qo'yidagilar haqida to'xtalib o'tdi.
Paxtachi tumani 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida jami 42 ta, umumiy qiymati 209,5 mlrd. so‘mlik hududiy investisiya loyihalari ishga tushirilishi natijasida 1072 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
- sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 69,0 mlrd. so‘mlik 11 ta loyihalar ishga tushishi natijasida 747 ta yangi ish o‘rni;
- xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida umumiy qiymati 46,1 mlrd. so‘mlik 21 ta loyihalar ishga tushishi natijasida 132 ta yangi ish o‘rni;
  - qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 94,5 mlrd. so‘mlik 10 ta loyihalar ishga tushishi natijasida 193 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
    Joriy yilning yanvar'-avgust oylari tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan umumiy qiymati 8,6 mlrd. so‘mlik 39 ta yangi ish o‘rinli 9 ta hududiy investisiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.
    Yanvar-avgust oylari haqiqatda umumiy qiymati 77,5 mlrd. so‘mlik 48 ta hududiy investisiya loyihalari amalga oshirilishi natijasida 218 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
    Shundan, dastur doirasida umumiy qiymati 20,6 mlrd. so‘mlik 17 ta loyiha, dasturdan tashqari 56,9 mlrd. so‘mlik 31 ta loyihalar ishga tushirilgan.
    Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 266,0 foizga yoki ishga tushgan hududiy investisiya loyihalari 30 taga oshgan.
    Eksport ko‘rsatkichlari
    2021 yil tumanning eksport prognoz rejasiga muvofiq 8 123,0 ming. AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilinishi rejalashtirilgan.
    Joriy yilning yanvar'-avgust oyi eksport prognoz rejasi
6 426,0 ming AQSh dollar bo‘lib, haqiqatda umumiy qiymati 9 633,0 ming AQSh dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi, rejaga nisbatan
150,0 foizga yoki viloyatda birinchilardan bo‘lib yillik reja
119,0 bajarildi.
    Bu ko‘rsatgich 2020 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 363,0 foizga yoki 6 979,0 ming AQSh dollariga kup bajarildi.
    Joriy yilning yakuniga qadar qushimcha 2,5 mln. AQSh dollarlik mahsulotlari eksport qilib reja 150 foizga bajariladi.
    Xorijiy investisiyalarning o‘zlashtirilishi
    Tumanda 8 oylarik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish rejasi 2,5 mln. AQSh dolllari bo‘lib, haqiqatda umumiy qiymati 5,3 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi, belgilangan reja 213,0 foizga bajarildi.
    Bu esa o‘z navbatida 2020 yilning mos davriga nisbatan 4,55 mln. AQSh dollariga yoki 694,0 foizga kup bajarildi.

Muloqotda ishtirok etgan OAV vakillari va deputatlar o'zlarini qiziqtirgan savollarti bilan ma'zruzachiga murojaat qilishdi. Bu kabi ochiq muloqotlar sohalar kesimida davom etiriladi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM