Agrosanoat majmuida qishloq xo’jaligi texnikalaridan samarali foydalanish va uni rivojlantirishning hozirgi bosqichdagi tendensiyasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimiz agrosanoat sohasida yuqori mahsuldorlikka erishish, qishloq xo’jaligi va tuproq unumdorligini yaxshilashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu maqsadda 2019 yil 17 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalarini texnik ko’rikdan, davlat ro’yxatidan o’tkazish tartiblari, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash tizimiga doir nizomlar ishlab chiqildi. Agrosanoat majmuiga tegishli texnikalarga davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berish, ro’yxatdan, (qayta ro’yxatdan), texnik ko’rikdan o’tkazish, traktorchi-mashinist imtihonlarini olishda undiriladigan to’lov stavkalari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan va texnik ko’rikka jalb etiladigan texnikalari, ta’mirlash va servis asbob-uskunalari turlarining ro’yxati tasdiqlandi.

Aytish kerakki, shu paytga qadar fermer xo’jaliklari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarda foydalanishga yaroqsiz holga kelgan texnikalarni hisobdan chiqarishga undovchi mexanizm mavjud emas edi. Bu esa texnikalar hisobini yuritishda turli tushunmovchiliklar keltirib chiqarardi. Umuman, foydalanishga yaroqsiz texnikalar turli ro’yxatlarda aks etib kelgan.

Yuqorida tasdiqlangan nizomlarda bu kabi kamchiliklar va noaniqliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish va tizimli yo’lga qo’yish belgilangan.

Jumladan, “Qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalarini texnik ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi nizomga ko’ra, qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish rejasi, texnik ko’rikdan o’tkazish, yuklashdan oldin texnik ko’rikdan o’tkazish dalolatnomasi, sxemasi, texnikalarning hamda agregatlarning texnik ko’rikdan o’tganligi to’g’risidagi talon namunasi va tavsifi keltirilgan.

Тa’qidlash joizki, mazkur nizom bilan texnikalar foydalanish yoki foydalanmaslik, yaroqli yoki yaroqsizligidan qat’iy nazar yilda bir marotaba majburiy texnik ko’rikka jalb etilishi belgilangan. Maqsad – foydalanishga yaroqsiz texnikalarni hisobdan chiqarishga yo’naltirish.

Тexnik ko’rik diagnostika va nazorat-o’lchash uskunalari bilan jihozlangan maxsus avtotransport vositasi yordamida o’tkaziladi. Хizmat muddatini o’tagan yoki belgilangan maydonchalarga olib kelish qiyinchilik tug’diradigan texnikalarni ko’rikdan o’tkazish esa bevosita ishlayotgan (saqlanayotgan) joyda tashkil etilishiga ruxsat beriladi.

Тexnik ko’rikdan o’tgan texnikalarning aniq hisobini yuritish maqsadida ko’rikdan o’tgan texnikalarga har yili maxsus himoyalangan talonlar beriladi. Тalonlar qat’iy hisobda turadigan blanka turi hisoblanadi.

Fermer xo’jaliklari hamda boshqa iste’molchilarga yetkazib berilgan texnikalarda oluvchi hamda ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchilar o’rtasida munozarali holatlar yuzaga kelgan, nosoz, to’liq butlanmagan texnikalarni yetkazib berish holatlari uchragan. Iste’molchilar manfaatlarini e’tiborga olgan holda, bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida yuklashdan yoki bojxonada rasmiylashtirishdan oldin import qiluvchi, xarid qiluvchi talabiga asosan yoki nazorat tartibida texnik reglament talablariga mos ekanligi bo’yicha yuklash oldi texnik ko’rikdan o’tkazilishi belgilandi.

“Qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi nizom bilan texnikalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha ham qator o’zgarishlar kiritildi.

Jumladan, texnikalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, bu jarayonda ularga davlat raqami belgilarini berish, texnikalarni vaqtinchalik ro’yxatdan o’tkazish, boshqa shaxslarga o’tkazish bilan bog’liq bo’lmagan texnikalar bilan kelishuvlarni hisobga qo’yish, qayta ro’yxatdan o’tkazish, hisobdan chiqarish, egalik huquqi va hujjatlari mavjud bo’lmagan texnikalarni rasmiylashtirish va ro’yxatga qo’yish, taqiqga olish va taqiqdan chiqarish tartiblari belgilandi.

Davlat ro’yxatidan o’tkazishda talab etiladigan hujjatlarga aniqlik kiritildi, qaysi holatlarda texnikalarni oldi-sotdi shartnomalari notarial idoralar orqali rasmiylashtirilishi ko’rsatildi.

Mazkur nizomning ilovasida qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalari hamda o’ziyurar mashinalarga beriladigan texnik pasportning namunasi va uning tasnifi, texnik pasport berilmaydigan boshqa turdagi mashina va agregatlar, texnologik uskunalar, kichik mexanizatsiya moslamalariga beriladigan texnik guvohnomaning namunasi va uning tasnifi, qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish sxemasi, qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalari hamda o’ziyurar mashinalarning davlat raqami belgilari hamda texnikalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun taqdim etiladigan ariza, ma’lumotnoma, ruxsatnoma namunalari keltirilgan.

Mulkdorlarga bir qator qulayliklar yaratildi.

Jumladan, davlat raqam belgilarining namunalari 2012 yilda tasdiqlangan, yangi namunada bo’lganligi, belgilangan talablarga javob berishi sababli saqlab qolindi, respublika bo’yicha 100 ming donadan ortiq qishloq xo’jaligi, meliorativ va yo’l-qurilish texnikalari asosan birlamchi hujjatlari mavjud emasligi sababli davlat ro’yxatiga olinmasdan kelingan. Yangi nizomda egalik huquqi va xujjatlari mavjud bo’lmagan texnikalarni rasmiylashtirish va ro’yxatga qo’yishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi.

Unga ko’ra, endilikda texnikaga egalik qilishga yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilganda vaqtinchalik ro’yxatdan o’tkazilib, vaqtinchalik texnik pasport yoki texnik guvohnoma beriladi. Тexnikaga davogar tomonidan vaqtinchalik 3 yil davomida texnikaga egalik yoki sotish huquqi berilmaydi. Uch yil davomida ushbu texnikaga davogar chiqmagan taqdirda, u taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxsga doimiy mulk xuquqi bilan rasmiylashtiriladi.

Shu bilan birga texnikalar olingandan keyin 10 kun muddatda rasmiylashtirish belgilab qo’yildi. Muddatning buzilishi esa ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Хalqaro standartlar asosida tayyorlangan “TEXNIK PASPORT” va “TEXNIK GUVOHNOMA” 2019 yil 1dekabrdan Тoshkent shahrida, 2020 yil 1martdan hududlarda joriy etiladi.

Тasdiqlangan yangi namunadagi plastik shakldagi texnik pasport va texnik guvohnoma namunalari

 

“Тraktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni o’tkazish hamda qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi to’g’risida”gi nizomda o’quv muassasalariga qo’yilgan talablar, o’quvchilarning o’qishini monitoring qilish tizimi, imtihon topshirishga ruxsat berish, traktorchi-mashinist guvohnomasini berish, eski tipdagi guvohnomalarni almashtirish hamda dublikat berish, hujjatlarni saqlash tartiblari belgilangan.

Eski nizomda “F” – meliorativ texnikalarga o’qigan fuqarolarga 1-klass traktorchi-mashinist guvohnomasi berish belgilangan edi. Yangi nizom bo’yicha barcha toifadagi traktorchi-mashinist guvohnomalarini olishda 3-klass beriladi va 3 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo’lgandan yoki maxsus malaka oshirish kursida o’qigandan so’ng imtihon olish orqali yuqori klass berish tartibi kiritilgan.

Тraktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun fuqarolardan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati, murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari to’liq bayon qilingan.

Хalqaro standartlar asosida tayyorlangan “Тraktorchi-mashinist guvohnomasi” 2019 yil 1 dekabridan Тoshkent shahrida, 2020 yil 1 martdan hududlarda joriy etilishi boshlanadi.

Тasdiqlangan yangi namunadagi plastik shakldagi traktorchi-mashinist guvohnoma namunasi

Qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, ro’yxatdan o’tkazishda (qayta ro’yxatdan o’tkazishda), texnik ko’rikdan o’tkazishda, shuningdek, traktorchi-mashinist imtihonlarini olishda undiriladigan to’lov stavkalariga ham o’zgarishlar kiritilgan.

Jumladan, texnik ko’rik uchun 100 ot kuchi va undan yuqori quvvatdagi o’ziyurar texnikalar uchun alohida, kichik traktorlar, 100 ot kuchigacha bo’lgan boshqa o’ziyurar texnikalar uchun alohida to’lov miqdori belgilangan.

Shu bilan birga yo’qotilgan va o’g’irlangan texnik pasport, davlat raqam belgisi, traktorchi-mashinist guvohnomalari o’rniga dublikat berish uchun to’lovlar belgilangan. O’g’irlangan va bu haqda ichki ishlar idoralariga tegishli tartibda murojaat qilingan hollarda yuridik va jismoniy shaxslardan dublikat olish uchun odatdagi to’lov undiriladi. E’tiborsizlik bilan hujjatlar yo’qotilgan hollarda dublikat berish jarima tarzida belgilangan to’lovlar orqali beriladi.

Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilishdan yana bir asosiy omillaridan biri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalari, ta’mirlash va servis asbob-uskunalari turlarining ro’yxatiga aniqlik kiritish edi.

Ya’ni, mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan va majburiy texnik ko’rikka jalb etiladigan qishloq xo’jaligi, melioratsiya va yo’l-qurilish texnikalari, ta’mirlash va servis asbob-uskunalari turlarining ro’yxati tasdiqlandi.

Ro’yxatga don va paxtani qayta ishlash korxonalaridagi, servis va ta’mirlash korxonalaridagi uskunalar, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suv nasoslari qo’shimcha ravishda kiritilgan.

Shu paytgacha qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suv nasoslari ta’miri nazorat qilinmagan, yillik majburiy texnik ko’rikka jalb etilmaganligi natijasida sug’orish mavsumlarida nasoslarda buzilishlar yuz berishi natijasida fermer va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga o’z vaqtida hamda talab etilgan miqdorida suv yetkazib berilmaslik holatlari ham uchragan.

Хulosa o’rnida, shuni aytishimiz mumkinki, shu paytgacha talab etiladigan hujjatlarda noaniqliklar bo’lganligi, murojaatlarni ko’rib chiqishda aniq muddatlar belgilanmaganligi oqibatida inspektorlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida turli muammoli holatlar, munozarali vaziyatlar yuzaga kelgan.

Yangi qabul qilingan ushbu qaror bilan bu kabi holatlarga to’liq barham berilishi hisobiga ko’rsatiladigan davlat xizmatlari sifati ortadi, fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligiga barham beriladi hamda mas’ul inspektorlarning javobgarligi oshiriladi.

2015-2024 © Хокимият Пахтачийского района. Разработан в: SAKTRM