Brifing: Asosiy maqsad - adolat va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilar, hurmatli tumandoshlar!

Bugungi  brifingimizning mavzusi Asosiy maqsad-adolat va qonun  ustuvorligini  ta’minlash, bu borada  amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Hozirgi tarixiy davrda islohotlarning amalda samarali tatbiq etish, qabul qilinayotgan qonunlar, ayniqsa, Prezidentimiz  Qaror va Farmonlarida belgilab berilayotgan vazifalarning so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash prokuratura organlaridan alohida mas’uliyat talab qiladi.

Bu borada  tuman prokuraturasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2022 yilda prokuror nazoratining barcha sohalarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasi bo‘yicha 425 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi. Prokuratura aralashuvi bilan 66 ta noqonuniy hujjatlarga protestlar keltirildi, 62 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga 103 ta taqdimnomalar kiritildi, qonun talablarini buzgan 80 nafar shaxslar intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonun buzilishlar yuzasidan 32 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Albatta, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, korrupsiya holatlarining oldini olishga bevosita bog‘liq.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, bu borada jazoning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli tahlil qilish oldimizga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Tumanda korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan  8 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 17 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan bo‘lsa, ushbu shaxslarning 8 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi.

Korrupsiyaga oid bo‘lgan jinoyat sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 9 nafari byudjet mablag‘larini yoki ajratilgan imtiyozli kreditlarni  o‘zlashtirish, 3 nafari firibgarlik va pora berishga dalolat qilish kabi jinoyatlarni tashkil qilgan. Endi qolganlari boshka  turdagi jinoyatlarni tashkil  qiladi.

Misol uchun, mana AT “Xalq banki” mansabdor shaxslari xususan sobiq boshlig‘i Qoraboev  va boshqa mansabdor shaxslari  kedit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi xolatlari bo‘yicha bir nechta jinoyat ishlari tergov qilindi. Hozirgi kunda ularning ko‘pchiligi  sud hukmi bilan   uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari ham tayinlangan.

 Shu o‘rinda bir narsani qayd etish kerak,  imtiyozli kreditlar ajratilgandan so‘ng ta’minotchi korxonalarga kredit shartnomasida ko‘rsatilgan talablar uchun hisob raqamiga o‘tkazib berilmoqda. Lekin  ayrim holatlarda ta’minotchilar  ko‘rsatilgan talablarni bajarmayapti, yoki bo‘lmasa pullarni naqdlashtirib berish holatlari  ham mavjud. Mana shu  jinoyat ishlarini tergov qilish  jarayonida  bir  nechta ta’minotchi  korxonalar ham javobgarlik tortildi. Buni o‘zlari juda  yaxshi biladi. Ayrim kreditlarni kredit olgan fuqarolar bilmaydi.  Mana shu kreditlarni ham keyin bank yoki ta’minotchi korxonalar qoplab holatlari ham bo‘layapti. Shu o‘rinda fuqarolarmizdan ham yaratib berilayotgan imkoniyatlardan kelib chiqib ajratib berilayotgan kredit mablag‘larini  maqsadli ishlatishlarini  so‘rab  qolgan bo‘lardik.

  E’tiboringizni tumandagi jinoyatchilik ahvoliga qaratmoqchiman. Tumanda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha jamoatchilik bilan hamkorlikda ko‘p ishlar qilinmoqda.

Biroq, shunga qaramasdan tumanda umumiy jinoyatchilik 353 tani tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 10,3 foizga ko‘paygan.

Jinoyatlarning 94 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan va 75 tasi aniqlanadigan jinoyatlar toifasiga kirib, har 100 ming aholiga 43,9 tadan to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy, firibgarlik va giyohvandlik jinoyatlari oshgan, bir kunda 16 ta holatda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan.

Og‘ir jinoyatlar 20 taga (51-71), o‘ta og‘ir jinoyatlar 1 taga (21-22), talonchilik 2 taga (2-4), firibgarlik 1 taga (38-39), yengil tan jarohat yetkazish 5 taga (20-25), giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar 9 taga (26-35) oshgan. Shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslar tahlil qilinganda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 3 taga (2-5), yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 11 taga (60-71), muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 3 taga (15-18) oshgan.

Jinoyatchilikka qarshi kurashda asosiy e’tiborni mahallada sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratdik.

Endi xamma  narsa mahallada bo‘ladi. Agarda mahalladagi jinoyatlarni oldini olinsa, jinoyatchilikk   xam keskin kamayadi.

Bundan tashqari o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlarni oldini olish maqsadida hududlarni kameralashtirish ishlari olib borildi. Keyin yo‘l transport  qoidalarini buzish oqibatida kelib chiqadigan jinoyatlarni oldini olish borasida ham  muayyan ishlar  olib borilmoqda. To‘g‘ri  o‘tgan   yilga nisbatan o‘lim bilan tugagan bunday hodisalar ozgina kamaygan. Lekin bitta  qayd etilsa ham  bu bitta insonni hayoti bilan bog‘liq.

 Shu o‘rinda men fuqarolarimizni murojaatlariga xam to‘xtalib o‘tmoqchi edim.

 

Fursatdan foydalanib, kelgusida barchamiz qonun talablariga og‘ishmay rioya qilishimiz, xizmat vazifalarimizni vijdonan, mas’uliyat va tashabbuskorlik bilan bajarishimiz shart.

 

E’TIBORLARINGIZ UChUN RAHMAT!

2015-2024 © Хокимият Пахтачийского района. Разработан в: SAKTRM