Paxtachilik o‘quvchi respublika tanlovida 2-o‘rinni egalladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 12 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adiblar hiyobonida Respublika Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi  hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  bo‘limi tomonidan “Abdulla Oripov izdoshlari” hamda “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.
         
    Tanlovning respublika bosqichida “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni" tanlovida  Paxtachi tumanidagi 24-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova (o‘qituvchisi Sh.Boboyeva) ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

2015-2024 © Хокимият Пахтачийского района. Разработан в: SAKTRM