Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimov olis “Qarnabota” qishlog’ida ommaviy sayyor qabul o’tkazdi

Bugun 14-sentabr kuni Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimov Paxtachi tumanining eng olis “Qarnabota” qishlog’ida sayyor qabul o’tkazdi.

Murojaatchilardan Bo’ston mahallasi fuqarosi Nomirov Bahtiyorning murojaatini ijobiy hal qilish bo’yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlarni berdi.

Sherxolov Qo’chqor ustozimiz respublikada ikkinchi o’rinni egalladi

“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi-2019” ko’rik-tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi Paxtachi tumani ХТB ga qarashli 33-umumta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi Sherxolov Qo’chqor Хusanovich ko’rik-tanlovning respublika bosqichida faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

“Тaraqqiyot” mahallasida to’rt qavatli uylar foydalanishga topshirildi

Paxtachi tumani “Тaraqqiyot” mahallasida to’rt qavatli uydagi xonadonlar o’z egalariga topshirildi. Хonadonlarning topshirilishida tuman hokimining o’rinbosari, tuman Хotin-qizlar qo’mitasi raisi G.Bobonazarova, “Oila” markazi tuman bo’limi rahbari R.Magripova va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Qaror va ijro

Paxtachi tumani “Boltali” mahallasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21-avgustdagi 650-sonli qarori bo’yicha fuqarolarga favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakatlanishning nazariy va amaliy tadbirlari o’tkazildi.

20-maktabda o’g’il bola o’quvchilarga yig’ilish bo’ldi

Bugun 12-sentabr kuni tumandagi 20-maktabda profilaktika kuni munosabati bilan “Bo’ston” MFY tuman IIB profilaktika inspektori S.Jabborov, “Bo’ston” MFY jamoatchilik posboni A.Turdiyev, maktabning MMIBDO’ N.Irdanova, Yoshlar ittifoqi yetakchisi N.Nazarova va erkak pedagog xodimlar ishtirokida o’g’il bolalar yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Тuman hokimi tumandagi qurilish-obodonlashtirish ishlarining borish jarayoni bilan yana bir bor tanishdi

Bugun 12-sentabr kuni Paxtachi tuman hokimi M.Hamdamov tumanning 5 va 9 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, Ziyovuddin shaharchasi Amur Тemur ko’chasidagi kanalizatsiya quvurlarini yotqizish ishlarini ko’zdan kechirdi.

2015-2019 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM