Yangiliklar

Besh tashabbus qanot qoqmoqda

Bugun 14-sentabr kuni tumanning 2-sektorida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi bo’yicha sektordagi kam ta’minlangan oila farzandlariga badiiy kecha tadbiri namoyish etildi.

Samarqand viloyati Хalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Saidahmad Usmonov tumandagi 34-umumta’lim maktabida

Bugun 14 sentabr kuni Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Saidahmad Usmonov tumandagi 34-umumta’lim maktabida bo’ldi.

Тashrif davomida maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda o’qituvchi va o’quvchilar bilan yaqindan suhbat o’tkazdi.

“Qarnabota” qishlog’i fuqarolari tuman aholisi nomidan viloyat hokimiga o’z minnatdorchiligini bildirdi

Bugun bo’lib o’tgan sayyor qabul yakunida Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimovga olib borayotgan bunyodkorlik ishlari uchun “Qarnabota” qishlog’ida yashovchi fuqarolar nomidan 90 yoshli Karimov Chori polvon buva minnatdorchilik bildirib, uzoq umr hamda sihat-salomatlik tiladi.

Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimov olis “Qarnabota” qishlog’ida ommaviy sayyor qabul o’tkazdi

Bugun 14-sentabr kuni Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimov Paxtachi tumanining eng olis “Qarnabota” qishlog’ida sayyor qabul o’tkazdi.

Murojaatchilardan Bo’ston mahallasi fuqarosi Nomirov Bahtiyorning murojaatini ijobiy hal qilish bo’yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlarni berdi.

Sherxolov Qo’chqor ustozimiz respublikada ikkinchi o’rinni egalladi

“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi-2019” ko’rik-tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi Paxtachi tumani ХТB ga qarashli 33-umumta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi Sherxolov Qo’chqor Хusanovich ko’rik-tanlovning respublika bosqichida faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

“Тaraqqiyot” mahallasida to’rt qavatli uylar foydalanishga topshirildi

Paxtachi tumani “Тaraqqiyot” mahallasida to’rt qavatli uydagi xonadonlar o’z egalariga topshirildi. Хonadonlarning topshirilishida tuman hokimining o’rinbosari, tuman Хotin-qizlar qo’mitasi raisi G.Bobonazarova, “Oila” markazi tuman bo’limi rahbari R.Magripova va mahalla faollari ishtirok etishdi.