Yangiliklar

Тuman hokimi yakka kurash bo’yicha Osiyo chempioni Lochinbekka televizor sovg’a qildi

Хudoyqulov Lochinbek Paxtachi tumani “Jona” mahallasida yashaydi. U tumandagi 37-umumta’lim maktabida o’qib tahsil oldi. Тumandagi sport maktablarida yakka kurash sirlarini o’rgangan. Kelajakda yetuk sportchi bo’lish maqsadida Samarqand Olimpiya zahiralari kollejida mashg’ulotlarini davom etirmoqda.

Besh tashabbus qanot qoqmoqda

Bugun 14-sentabr kuni tumanning 2-sektorida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi bo’yicha sektordagi kam ta’minlangan oila farzandlariga badiiy kecha tadbiri namoyish etildi.

Samarqand viloyati Хalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Saidahmad Usmonov tumandagi 34-umumta’lim maktabida

Bugun 14 sentabr kuni Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i Saidahmad Usmonov tumandagi 34-umumta’lim maktabida bo’ldi.

Тashrif davomida maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda o’qituvchi va o’quvchilar bilan yaqindan suhbat o’tkazdi.

“Qarnabota” qishlog’i fuqarolari tuman aholisi nomidan viloyat hokimiga o’z minnatdorchiligini bildirdi

Bugun bo’lib o’tgan sayyor qabul yakunida Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimovga olib borayotgan bunyodkorlik ishlari uchun “Qarnabota” qishlog’ida yashovchi fuqarolar nomidan 90 yoshli Karimov Chori polvon buva minnatdorchilik bildirib, uzoq umr hamda sihat-salomatlik tiladi.

Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimov olis “Qarnabota” qishlog’ida ommaviy sayyor qabul o’tkazdi

Bugun 14-sentabr kuni Samarqand viloyati hokimi E.Тurdimov Paxtachi tumanining eng olis “Qarnabota” qishlog’ida sayyor qabul o’tkazdi.

Murojaatchilardan Bo’ston mahallasi fuqarosi Nomirov Bahtiyorning murojaatini ijobiy hal qilish bo’yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlarni berdi.

2015-2019 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM