O’zbekistonda 2022 yilda aholini ro’yxatga olish o’tkaziladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi”ning 38-bandida O’zbekiston Respublikasida Aholini ro’yxatga olishni o’tkazish Konsepsiyasi ishlab chiqish yuklatilgan.

O’zbekistonda 2022 yilda axolini ro’yxatga olish o’tkaziladi. Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” PF-5655-sonli Farmonida belgilangan.

Aholini ro’yxatga olish - bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati” ni olish imkonini beruvchi umumdavlat mikyosidagi keng ko’lamli tadbir bulib, aholi soni va tarkibi to’g’risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi tug’risidagi ishonchli ma’lumot o’zoq, muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o’rinlari tashkil etish va axoli bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mexnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o’rganish, ilmiy tatqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.

Farmonda keltirilishicha,mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholini ruyxatga olish o’tkazilmagan. Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o’rganishda mamlakat xududida o’tkazilgan aholi ruyxati malumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarga ko’ra, O’zbekiston xududida dastlabki aholi ruyxati 1897 yilda o’tkazilgan bo’lib,ushbu ro’yxat ma’lumotlari  ХIХ asr oxirida O’zbekistonda mavjud oilalar soni,axoli soni,yoshi va jinsi,etnik tarkibi,to’g’ilish,o’lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan. O’zbekiston hududida keyinchalik 1926,1939,1959,1970,1979 va 1989 yillarda aholini ro’yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Birlashgan Millatlar tashkiloti 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish borasidagi prinsplar va tavsiyalar” rezalyutsiyasiga tayanib, a’zo davlatlarni 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olishga taaluqli xalqaro va xududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olishni o’tkazishni qat’iy da’vat etadi.

M.Jaxonova,

Тuman statistika bo’limi yetakchi mutaxassisi

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM