Hurmatli tumandoshlar, tumanda o’tkaziladigan umumxalq hasharida siz ham ishtirok eting

Joriy yilning 8-9 iyun kunlari Samarqand viloyati hokimi Тurdimov Erkinjon Oqbo’tayevich va Paxtachi tumani hokimi Hamdamov Muzaffar Yazdonqulovich tashabbusi bilan tumanda umumxalq hashari o’tkaziladi.

Hasharga tuman hokimligining barcha xodimlari, tumandagi barcha korxona-tashkilotlar hamda muassasalar jalb etildi.

Ushbu hashar davomida tumandagi barcha ijtimoiy soha ob’ektlari, korxona va tashkilotlarning yon-atrofi, tumandan o’tuvchi M37 katta yo’l atrofi, qolaversa aholi xonadonlari tevarak-atrofida ham obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Ushbu masala yuzasidan joriy yilning 7 iyun kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida viloyat va tuman rahbariyati tomonidan kengaytirilgan yig’ilish o’tkazilib, har bir bajariladigan vazifa bo’yicha mas’ullar belgilanib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

8 iyun kuni erta tongdan barcha ushbu hashar uchun mehnat qurollari bilan qurollanib, tumanimiz ko’rkamligiga o’z hissalarini qo’shishga kirishishadi.

Barchani ushbu o’tkaziladigan hasharda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.