Maktablarda “Beshta tashabbus – beshta imkoniyat” mavzusida tadbirlar bo’lib o’tdi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 19 martdagi 5 ta muhim tashabbusning tumandagi ijrosida doirasida tumandagi bir nechta maktablarda ko’plab tadbirlar bo’lib o’tdi.

Jumladan, 18 umumta’lim maktabda o’quvchilar o’rtasida kitobxonlik musobaqasi bo’lib o’tdi. Faxrli o’rinlarni egallagan o’quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

So’ngra ushbu maktabning “Mohir qo’llar” to’garagi o’quvchilari ishtirokida qo’l mehnatidan namunalar namoyish etildi.

Keyinchalik sportning “Futbol” turi bo’yicha mazkur maktab o’quvchilari o’rtasida ham musobaqa o’tkazilib, g’oliblar taqdirlandi.