“Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida tadbir o’tkazildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yanada kengroq jalb qilish, ularning bandligini ta’minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik tuyg’ularini yanada shakllantirish yuzasidan O’zbekiston yoshlar ittifoqi Paxtachi tuman Kengashi xamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi Paxtachi tuman filiali tashabbusi bilan Paxtachi tuman Pedagogika kasb-hunar kollejida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslari, yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsulotlar ko’rgazmasi hamda bo’sh ish o’rinlar mehnat yarmarkasi o’tkazildi.

Yarmarkada Paxtachi tuman aholini bandligiga qo’maklashish markazi, tuman banklari ishtirok etib, tadbirkorlik kilish istagida bo’lgan yoshlarga kreditlarni olish tartiblari, olingan kreditlarni samarali ishlatish yuzasidan tushunchalar berishdi. Yosh tadbirkorlar tomonidan biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berilib, mahorat darslari tashkil etildi. Ushbu mahorat darslarini o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad, tadbirkorlik ekotizmining barcha sub’ektlarini birlashtirish, o’zaro hamkorlik qilish va fikr almashish uchun sharoit yaratish, O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, biznesni rivojlantirishda qo’l keladigan dunyodagi ilg’or tajriba va zamonaviy vositalar bilan ishtirokchilarni tanishtirish hamda O’zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va amaliy harakatlarni olib borishdan iboratdir.

Тadbirda yosh tadbirkorlar va tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar, o’rta maxsus kasb-hunar kolleji hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari bitiruvchilari ishtirok etdi. Тumandagi “Beklar Mega Ishonch”oilaviy korxonasi rahbari Otabek Тoirov, “O’lkam Saxovati” xususiy korxonasi rahbari Хurshid Yo’ldoshev, “Halol va pok mevalar” xususiy korxonasi rahbari Imomali Shamsiyevlar kabi yosh tadbirkorlar so’zga chiqib, tadbirkorlarga o’zlarining faoliyat tajribalari bilan o’rtoqlashishdi hamda yoshlarga ma’ruzachilar biznesni qanday boshlaganliklari, boshqarish uslublari haqida aniq faktlar bilan so’zlab berishdi. Mahorat darsida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va tadbirkorlik faoliyatlari uchun muhim qadamlarni tashlashdi. Bo’sh ish o’rinlari yarmarkasida bitiruvchilar tumanimizdagi bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotlarni olishdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM