Paxtachilik Lola Chamanova BMТ e’tirofiga sazovor bo’ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Dunyoni bilimli yoshlar qo’liga ishonib ber”, - deb bejizga aytishmasa kerak. Chunki, bilimli yoshlar yangi, zamon talabiga javob bera oladigan g’oyalar tashabbuskori bo’lishadi.

Joriy 2019 yilning 10-12 may kunlari poytaxtimiz Тoshkent shahrida o’tkazilgan SSSPSJ (The commision on Crime Prevention and Criminal Justice in Brazil) “Braziliya davlati Atrof muhitga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi jinoyatlarning oldini olishning samarali usullarini shakllantirish” mavzusidagi tadbirda “Eng yaxshi yosh delegat” nominatsiyasi sertifikatiga Samarqand viloyati Paxtachi tumanining 41-umumta’lim maktabi 11-sinf o’quvchisi Lola Chamanova sazovor bo’ldi. Yosh bo’lishiga qaramasdan bilimga chanqoq qiz bugungi o’zbek yoshlari nimalarga qodir ekanligini yana bir bor namoyish etdi.

Bunday yutuqlarni eshitib ich-ichingizdan quvonishingiz tabiiy. Zero, yaratib berilayotgan sharoitlarni oqlayotgan yoshlarimiz safi kundan-kunga ortib bormoqda.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM