Тuman Хotin-qizlar qo’mitasi hisobot yig’ilishini o’tkazdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tuman xotin qizlar qo’mitasi tomonidan 2019 yilga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi” ga asosan 2019 yilning I-choragida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha boshqaruv kengashi hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda viloyat “Oila” markazi rahbari Shodiyeva Zebiniso Nurmamatovna kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Hamkor tashkilotlar sifatida tuman “Oila” markazi, tuman FHDYo bo’limi, tuman Adliya bo’limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, “Hunarmand” hamda “Тadbirkor ayol” uyushmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Тuman xotin qizlar qo’mitasi raisi M.Mirzayeva hisobot davrida yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklarga yo’l qo’yilganligini aytib o’tdi. Kelgusida Prezidentimizning 5 ta tashabbusi doirasida tumandagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasida ishlar amalga oshirilishini aytib o’tdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM