9-may Хotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 5 may kuni Paxtachi tumanida 9-may “Хotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tuman tashkilotlari, mahallalar, urush qatnashchilari hamda mehnat faxriylari “Motamsaro ona” va ikkinchi jahon urushi qahramoni Qudrat Suyunov haykali poyiga gulchambarlar qo’yishdi.

Tadbirlarga taklif etilgan urush, mehnat faxriylari o’zlari bosib o’tgan hayot yo’llari, o’tgan jasoratli, ibratli hayot yo’llari, vatanga sadoqat, mehr-oqibat haqida hamda o’tgan insonlarni xotirlab, yoshlar bilan qilingan muloqot yoshlar qalbidagi buyuk tariximiz, ajdodlarga nisbatan ғurur, faxriy va keksalarga hurmat tuyғularini yanada oshirdi.

Tadbir davomida faxriylarimizning qadri baland, doimo elimiz ardoғida ekanligini yana bir bor e’tirof etilib, mas’ul tashkilotlarning bayram tabrigi, san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar yana bir marta ular qalbiga bayram shuuri olib kirdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM