Maktab jamoasi va o’quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 24-umumta’lim maktabida Samarqand viloyati “Nuroniy” jamg’armasi tashabbusi bilan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbus” doirasida maktab jamoasi va o’quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Viloyat “Nuroniy” jamg’armasining xotin-qizlar qo’mitasi raisasi Zulfiya Xolmurodova, tuman “Nuroniy” jamg’armasi raisi M.Samandarov, tuman hokimi o’rinbosari M.Mirzayeva va G.Rasulova hamda maktabning nuroniy o’qituvchilari taklif etildi. Prezidentimizning birinchi tashabbusi yuzasidan maktab o’quvchilar musiqa, rassomchilik, adabiyot, san’at, sport tashabbus doirasida namoyishlar taqdim etildi. Ikkinchi tashabbus doirasida o’quvchi qizlar sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyish etdilar. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha kitobxon qizlarning chiqishlarini kuzatdilar va o’zlari bilan olib kelgan kitoblarni kam ta’minlangan oila farzandlariga sovg’a qildilar. Qizlarjon klubi a’zolari o’z chiqishlarini taqdim etdilar.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM