Paxtachida Bobonazarovlar xonadoni eng ozoda oila deb topildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Viloyat xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan joriy yilning mart-aprel oyida “Ozodalik va obodlik” aksiyasi doirasida xonadonlardagi, ta’lim muasssalaridagi orastalik ishlari mahallalardagi mutaxassislar tomonidan o’rganilmoqda.

Joylarda obodlik, tozalikning inson hayotiga ta’siri, qizlar tarbiyasidagi o’rni bo’yicha suhbatlar, tanlovlar o’tkazib borilmoqda. Тumanda ushbu aksiya doirasida “Eng orasta xonadon” tanlovi ham o’tkazilib, unda birinchilik Istiqlol mahallasida istiqomat qiluvchi Gulchehra Bobonazarova oilasiga nasib etdi. Тa’kidlash kerakki, ushbu xonadon hakamlarni nafaqat orastaligi, balki kitobga boyligi bilan ham hayratga soldi. Ushbu xonadonda ikki yarim mingta kitobdan iborat shaxsiy kutubxona mavjud ekanligi hakamlar e’tiborini alohida jalb etdi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM