Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, uni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini, shoshilinch tibbiy yordamni va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar tarmog‘ini o‘z ichiga oluvchi uch bosqichli milliy tibbiyot modeli yaratildi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini, sifatini va qulayligini oshirish ta’minlanmoqda.

Shu bilan birga, oxirgi paytlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari ko‘payib bormoqda. Bu jarayonda tibbiyot xodimlarini bemorlarning sog‘lig‘i yomonlashishida yoki o‘limida asossiz ravishda ayblash, shuningdek hech bir sababsiz shifokorlarga va o‘rta tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari yuz bermoqda.

Biroq O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi amaldagi kodeksida xizmat vazifalarini bajarayotgan tibbiyot xodimlariga nisbatan qonunga xilof ravishda turli shakllarda ta’sir o‘tkazganlik, shuningdek tibbiyot xodimlarining tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy javobgarlik belgilanmagan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilovchi yangi modda bilan to‘ldirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1977-moddasida tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish.

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish,

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olishga, shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga xizmat qiladi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi

tuman sudining raisi J.Botirov

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM