Mavzu: “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Muhtaram Prezidentimiz raisligida - o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi.

Bugun ma’naviy-ma’rifiy ishlarning davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgani bejiz emas. Chunki davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda esa bu borada bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot hamda ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.

Davlatimiz rahbari loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidladi. Shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi uzviylikni ayni joylarda boshlash zarurligini qayd etdi.

Videoselektordagi mazkur masalalarga dolzarb topshiriq sifatida yondashish maqsadida o‘zim tumndagi mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini olib bordim. Xususan tumandagi mahallalarda mahalla ahli vakillari, faollari bilan suhbatlasharkanman, davlatimiz rahbari ta’kidlagan ma’naviy-ma’rifiy ishlar xususida atroflicha tushunchalar berishga, mahalla kesimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar mohiyatini chuqurroq singdirishga harakat qildik. Masalan, mahallaga yig‘ilishda qayd etilgan “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida biriktiriladigan professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar bilan qanday ish tashkil qilish, ularga qanday ko‘mak berish, ulardan qanday yordam olish, ularning mahalla nufuzini ko‘tarishda qay darajada faol bo‘lishlari masalalari to‘g‘risida batafsil suhbatlashdik. Targ‘ibotni mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida kuchaytirish kerak. Aytaylik, bitta ayolning, qizning ma’naviyatini yuksaltira olsak, nafaqat bir oilani, shu bilan birga mahallani, jamiyatni ham ma’naviyatli bo‘lishiga ko‘maklashgan bo‘lamiz. Axir xotin-qizlarimiz eng birinchi tarbiyachi!

Rahbarning mas’uliyati ayni yo‘nalishda ham aks etishini bilamiz, ya’ni davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar, me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini fuqarolar orasida targ‘ib qilish vazifamiz. Shuning uchun ham ishni  Prezidentimiz tomonidan belgilangan ma’naviy soha ravnaqiga qaratilgan amaliy tadbirlarimizni mahallalardan boshladik. Negaki, uzviylikni ildizdan boshlash kerak, degan shior bilan ishlashga harakat qilaman. Inson oilada shakllanadi, kamol topadi, oila  esa mahallada o‘rin topadi, mahalla esa o‘z navbatida jamiyat negizini hosil qiladi. Ayni uzviylik faoliyatimizda ahamiyatli o‘rin tutishi kerak. Ildizni qanchalik mustahkamlay olsak, jamiyatni yuksakka ko‘tara olamiz. Ma’naviyat ko‘zgu, shu haqiqatni chuqur anglasakkina, atrofimizdagilarga singdira olsakkina, davlatimiz rahbari ta’kidlagan vazifalarni bajarishga sidqidildan yondashgan bo‘lamiz.

Bularning barchasi “Inson qadri uchun!”

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM