Matbuot anjumani: Tumanda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzusi: Tumanda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Maʼlumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bogʻliq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan gʻoyalarni hayotga joriy etish, tumanimiz iqtisodiyotini tarkibiy oʻzgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

MuxtaramYurtboshimiz taʼkidlaganidek, “Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi”.

Bugungi kunda tumanimizda investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib bular eng avvalo, tadbirkorlikni huquqini belgilab beradigan, xususiy mulkchilik va raqobatchilikni himoya qiladigan qonunlar bazasi yaratilganligi, investitsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilmaning mavjudligi, boy mineral xom-ashyo resurslari, shuningdek, agrosanoat sektorini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligi, eng muhimi, malakali mehnat resurslariga ega ekanligi yaqqol koʻzga tashlanib toʻribdi.

Yaratilgan sharoit va afzalliklar mahalliy hamda xorijiy investorlarni tumanimizga boʻlgan qiziqishi yildan yilga oshib borishiga, ular tomonidan iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning hajmini koʻpayishiga omil boʻlmoqda.

Misol uchun10 oy yakuniga qadar tumanda qiymati 114mlrd.soʻmlik hududiy investitsiya mablagʻlari oʻzlashtirilib
21 ta
loyiha amalga oshirildi hamda 146 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Bundan tashqari joriy yilning mart oyida tumanga xorijiy investitsiyalar jalb qilish maqsadida tuman hokimligi hamda tumandagi salohiyatli tadbirkorlar bilan birgalikda Niderlandiya davlatiga bordik. Safarimiz davomida Niderlandiya davlatining yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashib muzokaralar olib borildi, muzokaralar davomida tumanimizning sanoat saloxiyati hamda mavjud yer osti zaxiralari bilan tanishtirildi natijada Niderlandiya davlatining ARONA INTERNATIONAL B.V. kompaniyasi vakillari qalay rudasini qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish istagini bildirdi hamda tumanimizda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Timur Dedamirzayev bilan birgalikda “STANNUM TAURUS” MCHJ korxonasini tashkil etildi.

Ushbu loyihani qiymati 40,0 mln. Dollarlik boʻlib shundan

15,0 mln. AQSH dollarini 2022-2023-yilda oʻzlashtirish rejalashtirilgan yaratiladigan ish oʻrlari esa 200 tani tashkil qilib, loyihani toʻliq 2023-2024-yillarda amalga oshiriladi.

 Bugungi kunda ushbu loyiha tashabbuskorlari tomonidan qalay rudasi aniqlangan Ziyovuddin togʻlaridagi “Semizquduq” va “Karnab-2” uchastkalari ochiq “Ye-Auksion” savdolari orqali yutib olindi. Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qumitasi tomonidan geologik qidirur ishlarini olib borish uchun litsenziya olinib, hozirda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.Bundan tashqari 2022-yilning yakuniga qadar tumanga 6,0 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalar kiritilib 30 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Tumanimizdagi yana birMCHJ shaklidagi "GRANITE-MINING" qoʻshma korxonasining Angliyalik xorijiy hamkori “PARAGLIDE LIMITED” kompaniyasi tomonidan 650,0 ming. AQSH dollarlik xorijiy investitsiya oʻzlashtirildibundan tashqari  “Ziyovuddin Invest Textile” MCHJkorxonasi tomonidan tashkil etilayotgan zamonaviy issiqxona kompleksining II-bosqichini amalga oshirish ishlari boshlangan.

Ushbu loyihani amalga oshirilishi natijasida yil yakuniga qadar 5,0 mln AQSH dollari oʻzlashtirilishi kutilmoqda.

 

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM