Matbuot anjumani: Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush . . .

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

Aholini sport bilan shugʻullanish uchun qulay shart–sharoitlar yaratish, ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida sport maydonchalar (yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi)ni tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Jumladan tumandagi 8 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida yil davomida 12.3 km “Salomatlik yoʻlaklari”, 10 km “Velosiped yoʻlaklari”,  30 ta “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) larni tashkil etilgan.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularning sport sohasida qobilyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoyitlar yaratish maqsadida tumanimizning Mojor mahallasida 577000000 soʻm mablagʻ hisobiga zamonoviy yengil konstruksiyali sport maktabi qad rostladi. Majmuada Olimpiya sport turlaridan ogʻir atletika, futbol, tayekvondo VTF, paratayekvondo VTF, parayengil atletika voleybol, basketbol toʻgaraklari tashkil qilinib, yoshlarni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shu oʻrinda jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, yoshlar sportini yanada ommalashtirish dolzarb vazifalar qatoriga kirishini taʼkidlash joiz.

Tumanimizda jami 13 ta sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchalari mavjud boʻlib, joriy yilning oʻtgan davrida Tadbirkor va Taraqqiyot MFY larida bittadan zamonaviy sunʼiy qoplamali futbol maydonchalari foydalanishga topshirilda va shu hududlarda yashayotgan aholining quvonchiga sabab boʻldi.

Tumanda yil maboynida sportning “Futbol”, “Fitnes nafosat”, “Fitnes zamonaviy erkaklar” turlaridan klublar tashkil etilgan. Mazkur sport klublariga 300 dan ortiq yoshlar jalb etilgan boʻlib sport turlaridan musobaqa tadbirlari oʻtkazilmoqda.

2020-yil 30 oktabr kuni Davlatimiz rahbarining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  6099- sonli Farmoni tasdiqlandi. Ushbu farmon tasdiqlanganligi bilan tuman aholisi oʻrtasida ommaviy sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarni oʻtkazishga turtki boʻldi. Tumanda yoshlar sportini rivojlantirish maqsadida mutasaddi tashlilotlar yaʼni tuman Sportni rivojlantirish boʻlimi boshchiligida tuman Sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, tuman Qoʻriqlash boʻlimi, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Ichki ishlar boʻlimi, tuman Tibbiyot birlashmasi va boshqalar hamkorligida ommaviy sport tadbirlar rejasi tuzilib tasdiqlangan. Ushbu rejaga asosan tumanda sportning erkin kurash, milliy kurash, belbogʻli kurash, qoʻl toʻpi, futbol, yengil atletika, shaxmat, voleybol, badiiy gimnastika, shashka, dzyudo, tayekvondo VT, velosport, qoʻl jangi, badminton, basketbol, stol tennis, yunon-rum kurashi,gimnastrada, marafon yugurish, velomarafon va boshqa sport turlaridan musobaqalar oʻtkazilib kelinmoqda. Har shanba kunlari aholi, ayniqsa yoshlar,  korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini koʻrsatib kelayotgan xodimlar oʻrtasida 5000 qadam sogʻlomlashtirish yurish sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Paxtachi tumanida reja asosida tadbirlar muntazam oʻtkazilib kelinmoqda, hozirgi kunigacha 381ta ommaviy sport tadbirlari va turli xil sport musobaqalari oʻtkazilib, ushbu tadbirlarga jami 45 968 nafar fuqaro ishtirok etib, shundan 19 377nafari xotin-qizlartashkil etadi.

Yana shuni taʼkidlab oʻtishim kerakki Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumini oʻtkazish toʻgʻrisida Prezidentimiz rahbarligida 30-iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarning 54-sonli bayoning 9-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 07-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, tumanda sentyabr oktyabr oylarida Besh bosqichli 5 tashabbus olimpiadasi doirasida 14 turdagi sport, intellektual, manaviy tadbirlari yaʼni:

1.Yengil atletika

2.Stol tennisi

3.Shaxmat

4.Shashka

5.Stritbol

6.Strit Vorkout

7.Milly kurash

8.Voleybol

9.Yosh kitobxon

10.Kibersport musobaqasi

11.Xalq va Zamonaviy cholgʻu asboblari tanlovi

12.Yoshlar “Raqs” festivali

13.Quvnoqlar va Zukkolar

14.Zakovat intellektual oʻyinlari oʻtkazildi.

 

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

 

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM