BRIFING: Yoshlar yangi Oʻzbekiston Bunyodkori.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Kelajak bunyodkorlari boʻlgan yoshlarning bugungi taʼlim-tarbiyasi ertangi kunimizni belgilab beruvchi muhim omildir. Shu bois ham Oʻzbekistonda yoshlar bandligini taʼminlash, ularning sifatli taʼlim-tarbiya olishi, oʻz iqtidorini toʻla-toʻkis namoyon qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bundan tashqari, ularning ijtimoiy, huquqiy himoyasi ham doimiy diqqat markazida. Koʻrinib turibdiki, yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Yurtimizda 30-iyun–Yoshlar kuni deb eʼlon qilinib, turli soha va tarmoqlarda yuksak natijalarga erishib kelayotgan yoshlarimiz uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti, “Kelajak bunyodkori” medallari taʼsis etilgani ularga mamlakatimizda yuksak eʼtibor qaratilayotganing belgisidir.

Kelajagimizning qanday boʻlishi, yangilanish va oʻzgarishlar yuz berishi vatanparvar yoshlarimizga bugun berayotgan eʼtiborga bogʻliq. Ularni fidoyi, vatanparvar, ham intellektual, ham jismonan barkamol etib tarbiyalash asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Maʼnaviyat–insonni kamolotga yetaklaydigan asosiy kuch. Har bir bola kelajakda maʼnaviy komil inson boʻlib shakllanishida oʻsmirlikda olgan tarbiyasi, taʼlimining ahamiyati beqiyos. Yoshlarda kitobxonlik koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida, yangidan-yangi tashabbuslar amalga oshirilib, respublika boʻylab kitobxonlikka targʻib qiluvchi turli koʻrik-tanlovlar, tadbirlar, festivallar oʻtkazib kelinmoqda.

Ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi saʼy-harakatlarni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi Oʻzbekiston tarixida yoshlar taʼlim-tarbiyasi boʻyicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan, bu saʼy-harakatlar zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilmoqda. Xususan, 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun ekanida ham ramziy maʼno mujassam.

Oʻzbekiston rahbari bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan oʻsib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillardan biri sifatida asoslab berib, ayni davrda insoniyat tarixidagi eng koʻp yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda, BMT minbarida turib Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifini ilgari surdi. Quvonarlisi, bu xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olindi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari joylardagi sport maktablari faoliyatini jonlantirish borasida ham aniq chora-tadbirlarni aytdi. Endi qishloqlarda sport toʻgaraklarini  tashkil etayotgan murabbiylarga inventar sotib olish uchun subsidiya ajratiladi, boʻsh turgan binolar imtiyozli asosda ijaraga beriladi. Bundan tashqari, kamida 100 nafar yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishiga erishgan murabbiylarga byudjetdan oylik toʻlash tartibi joriy etiladi.

Bu ham Oʻzbekiston yoshlari uchun nihoyatda katta imkoniyatdir. Yangi tizim koʻplab oilalarga quvonch va yengillik beradi. Bundan yoshlar ham, ularning ota-onalari ham juda xursand boʻldi.

Oʻzbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosati bugun oʻz amaliy ifodasini koʻrsatmoqda. Bunga yoshlar bandligini taʼminlash, ularni oliy maʼlumotli qilish, kasb-hunar oʻrgatish, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun koʻmaklashish, kreativ gʻoyalar, startap loyihalarni amalga oshirishni ragʻbatlantirish, bolalarni sogʻlom voyaga yetkazish kabi koʻplab yoʻnalishlarda guvoh boʻlishimiz mumkin.

Bundan buyon har qanday investitsiya loyihasining bosh maqsadi, avvalo, yoshlar bandligi masalasini hal etishga qaratilishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Demak, Oʻzbekistonda ishsiz yoshning oʻzi boʻlmaydi. Bu ham biz uchun beqiyos imkoniyatdir. Bunga ishonchimiz komil. Chunki, endilikda har bir davlat dasturida yoshlar masalasi birlamchi boʻladi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM