Eksport nima?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Eksport (ing., lot. - olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib o’tish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham E.ga kiradi.

Mamlakatning o’zida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar E. tarkibi (ko’rinma E.) milliy iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni bilan bog’liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar E. qilish xos bo’lsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega bo’lgan mamlakatlar E.ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol o’ynaydi. Yakka ziroatchilik xo’jaliklari hukmron bo’lgan mamlakatlar E.ida 1-2 tovar turi asosiy o’rinni egallaydi.

Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiy texnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar ko’rinmas E.ni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.

Quyida Paxtachi tumanining eksport salohiyatiga doir ma’lumotlari taqdim etilgan.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM