Shavkat Mirziyoyev: 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili bo’ladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda 8 yanvar kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida aytib o’tdi.

Davlatimiz rahbari, jumladan, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy kompleksiga oid vazifalarga ham to’xtalib, turizm sohasiga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

– Тurizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili bo’ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji bo’yicha takliflar bildirgan edi. Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida Prezidentning joriy yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq 2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, o’sha kuni imzolangan Prezident qarori bilan mehmonxonalar tashkil etish bo’yicha istiqbolli investitsiya loyihalari ro’yxati qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda O’zbekistonga qariyb 2 million 700 ming, 2018 yilda 5 million 300 mingdan ortiq turist kelgan. 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM