O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi boshlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz parlamentiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.

Davlatimiz rahbari o’z so’zining avvalida o’tayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to’xtaldi.

– Buyuk yurtdoshimiz Imom Buxoriy hazratlari o’z kitobida keltirgan “Barcha ezgu amallar niyatga bog’liq, har bir kishiga, faqat niyat qilgan narsasi beriladi” degan hadisda, albatta juda chuqur ma’no bor. Biz 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb nom berib, Davlat dasturi doirasida, 21 trillion so’m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz, o’tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimiz natijasini ko’rsatib turibdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshgani qayd etildi. Soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qoldirilgani, bu o’tgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa 32 barobar ko’p bo’lganiga e’tibor qaratildi.

“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirilgan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari natijasida 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bo’lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni mamlakatimiz tarixida birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etgan edi. Bu yilgi Murojaatnomada ham tugayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yilga mo’ljallangan rejalar, davlatimiz ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etilgani bilan barchada katta qiziqish uyg’otmoqda.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM