2019 yilda viloyatimizda...

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

12 325 milliard so’m yoki 2018 yilga nisbatan 103,6 foiz o’sishi rejalashtirilgan. Хususan, 1 633 milliard so’mlik 261 ta loyiha amalga oshirilib, 6353 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Хalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmi 8 222,0 milliard so’mga yetkaziladi: 3 386,4 milliard so’mlik oziq-ovqat, 4 835,6 milliard so’mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Хizmat ko’rsatish va servis hajmi 10 246 milliard so’m yoki 107,1 foizga o’sadi. Хususan, 766,8 milliard so’mlik 396 ta loyiha amalga oshirilishi hisobiga 2966 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Хorijiy mehmonlarning viloyatimizga tashrifini 500 ming, mahalliy mehmonlarning tashrifi 2 million 700 ming nafarga yetkazish ko’zda tutilgan.

Qishloq xo’jaligi yo’nalishida 1 569,1 milliard so’mlik 766 ta loyiha amalga oshirilib, 5344 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. Masalan, chorvachilik tarmog’ida 121 ta, uzumchilikda 99 ta, baliqchilikda 94 ta, bog’dorchilikda 86 ta, parrandachilikda 73 ta, asalarichilikda 59 ta istiqbolli loyiha amalga oshiriladi.

200 gektar maydonda 98 ta zamonaviy issiqxona tashkil etiladi.

Jomboy tumanidagi "Maroqand meva-sabzavot" mas’uliyati cheklangan jamiyatida logistika markazi tashkil qilinadi.

Investitsiya dasturi asosida quvvati 4 255 o’rinli 4 ta bog’cha yangi quriladi, 40 tasida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. 75 ta xususiy, 295 ta xususiy sherikchilik asosidagi, 445 ta oilaviy bog’cha, 202 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yiladi.

Yil yakuni bilan 2018/2019 yillar hisobiga 154 ming 279 o’rinli maktabgacha ta’lim muassasalari bunyod etilib, bolalarning bog’chalarga qamrovi 50,6 foizga yetkaziladi.

Investitsiya dasturi doirasida 135,5 kilometrlik ichimlik suv, 13,4 kilometr oqova suv tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Buning natijasida viloyat bo’yicha 70,5 ming nafar aholi qo’shimcha ichimlik suv bilan ta’minlanadi, 50,8 ming nafar aholining ichimlik suv ta’minoti holati yaxshilanadi.

Samarqand tumani Motrid mahallasi hududida bunyod etilayotgan 108 ta ko’p qavatli uy-joylar, shuningdek, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, oilaviy poliklinika, mahalla markazi, savdo do’konlari va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yuqori kuchlanishga ega 110/35/10 kVli nimstansiya quriladi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM