Bugun 21-sentabr kuni Paxtachi tumani “Qo'shhovuz” mahallasidagi 3-umumtalim maktabiga “Nuroniy” jamg’armasi rahbari M.Samandarov rahbarligida jamoatchi, boy tajribaga ega bo’lgan keksa pedagoglar tashrif buyurishdi.
Maktabning o’quvchi-yoshlariga matematika fanidan Usmon Yusupov, tarix fanidan Ismoil Shernayev, biologiya fanidan Baxtiyor Тoshpo’latov, jismoniy tarbiya fanidan Iskandar Soibovlar o’z mutaxassisligi bo’yicha bir soatlik dars mashg’uloti o’tib berishdi.
O’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatishib, talim samaradorligiga o’z hissalarini qo’shishdi.