Paxtachilik hunarmandlar Qo’qon shahridagi xalqaro festivalda ishtirok etishmoqda!

Qo’qon shahrida o’tkazilayotgan Хalqaro hunarmandchilik festivalida Samarqand hunarmandchilik maktabi sharafini dunyoga tanitish maqsadida Paxtachiliklar ham munosib ishtirok etmoqda.

Festivalda Paxtachilik hunarmandlar Yuldosheva Nozik va Shahzoda Narmuradovalarning ko’rgazmalari nafaqat xorijlik sayyohlar, balki vodiyliklarda ham katta taassurot qoldirmoqda.

Festival doirasidagi tadbirlarda viloyatimizning 90 nafarga yaqin hunarmandlari o’zlari tayyorlagan 15 turdagi mahsulotlarni namoyish etmoqda.