“Bolg’ali” masjidining birinchi g’ishti qo’yildi

Bugun 11-sentabr kuni Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov tuman prokurori E.Sharipov, tumandagi masjidlar imomlari va bir guruh yoshi ulug’ mo’min-musulmonlar bilan “Bodoy” mahallasidagi “Bolg’ali” masjidining birinchi g’ishtini qo’yilishida ishtirok etishdi.

Masjidning birinchi g’ishtini tuman hokimi M.Hamdamov yaxshi niyatlar bilan qo’yib berdi. Shuningdek, tuman prokurori E.Sharipov, oqsoqollar va homiylar ham g’isht qo’yishdi. Qur’on tilovat qilinib, ehson oshi berildi.