“Kichik sanoat zonasi” dagi katta ishlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumanidagi “Тoshkenjayev” kichik sanoat zonasida hozirgi kunda 3 ta loyiha faoliyat olib bormoqda.

Jumladan:

“Aziya kvars” MCHJ - kvars qumni qayta ishlash va qadoqlash bilan shug’ullanmoqda. Yillik quvvati 1400 tonna qumni qayta ishlab, bir kunda 80 tonna mahsulotni “Quvasoy oyna” korxonasiga yetkazib berish yo’lga qo’yilgan.

18 nafar fuqarolar ish bilan ta’minlangan mazkur korxona bugungi kunda g’isht va devorbop mahsulot ishlab chiqarishni sinovdan o’tkazmoqda.

“Daler Plast” - xususiy korxonasi polietilen quvurlar ishlab chiqaradi. Yillik quvvati 120 tonna. Mazkur korxona yana yangi mahsulot ishlab chiqarib, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish uchun ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.

“Yevro Maker Maks” MCHJ - qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona bo’lib, yillik quvvati 480 tonna, 10 ta ish o’rni yaratilgan. AТB Хalq banki Paxtachi filiali orqali 240 mln.so’m kredit mablag’i asosida faoliyat boshlagan ushbu korxona yangi loyiha sifatida shifer ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish harakatida.

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar!

Siz ham o’z ishlab chiqarishingizni yo’lga qo’ying, bu borada sanoat zonasi Sizga ko’mak beradi.

P.S. Sanoat zonasi haqida batafsil ma’lumotni tuman hokimligining Investitsiya bo’limi orqali bilib olishingiz mumkin.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM