Тuman markazi Ziyovuddin shaharchasining chekka “Navro’z” ko’chasiga ichimlik suvi keldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Obod markaz” davlat dasturi doirasida Paxtachi tumani markazi Ziyovuddin shaharchasidagi M.Ulug’bek mahallasining temir yo’l hududiga tutash chekka dasht qismidagi “Navro’z” ko’chasi 4 ta ko’p qavatli uylar va 150 dan ortiq xo’jaliklarga hamda eng asosiysi 150 nafar kelajagimiz vorislari tarbiyalanayotgan 40 sonli MТТ ga toza ichilik suvi yetib bordi. Ushbu ishlar tumandagi “Ziyovuddin suvsoz” MCHJ tomonidan bajarilib, diametri 250mm. bo’lgan yuqori bosimga chidamli polietilen quvurlari o’rnatildi.

Тuman markazini kelajakda uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1,7 km. qism masofani to’liq ishga tushirilishiga bor yo’g’i 18 kun vaqt sarflandi. Bu ishlar 1,4 km. yuqori bosimli quvurlar o’rnatilishi bilan yana 15 kun ichida Ziyovuddin aholisini to’liq uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM