Sudlar sayyor qabul o’tkazdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqand viloyati Jinoyat, Fuqarolik, Iqtisodiy va Ma’muriy sudlar raislari tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumani Хalq qabulxonasida sayyor qabul o’tkazishdi.

O’tkazilgan sayyor qabulda 26 ta murojaat qabul qilindi, shundan:

- jinoyat ishlari bo’yicha 9 ta murojaat, shundan 5 tasi ijobiy hal qilingan, 1 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 2 tasiga tuman prokuraturasiga murojaat qilish tushuntirildi, 1 ta ASH arizasi tuman sudi tomonidan qabul qilindi;

- fuqarolik ishlari bo’yicha 6 ta murojaat, shundan 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 1 ta Majburiy ijro byurosiga, 1 ta tuman prokuraturasiga, 1 ta tuman hokimligiga va 1 ta Хalq ta’limi bo’limiga murojaat qilish tushuntirildi;

- iqtisodiy ishlar bo’yicha 2 ta murojaat, shundan 1 tasiga huquqiy tushuntirsh berildi va 1 ta Monopoliya boshqarmasiga murojaat qilish tushuntirildi;

- ma’muriy ishlar bo’yicha 9 ta murojaat, shundan 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 4 ta Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish, 1 ta tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga, 1 ta tuman hokimligiga murojaat qilish tushuntirildi.

2015-2024 © Paxtachi tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM