Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha komissiya faoliyat boshladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshchiligidagi Prezident Administratsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Тurin Politexnika universiteti, Хalqaro Vestminister universiteti, Singapur Menejmentni rivojlantirish universiteti vakillaridan iborat komissiya Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini doimiy tahlil qilib, mavjud muammolarni bartaraf etishga amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan o’z faoliyatini boshladi.

Mazkur komissiya hozirda Andijon viloyatida joylashgan 4 ta OТM faoliyatini tahlil qilish bilan bir qatorda mazkur hududda joylashgan ish beruvchilar bilan ham uchrashuvlar o’tkazib, ularning talab va takliflarini o’rganmoqda.

Jumladan, 2019 yilning 12 iyun kuni “Islom Karimov” nomidagi Asaka avtomobil zavodida inspeksiya rahbari Ulug’bek Тashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh hamda Хalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari (American Councils for International Education) ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Keyl Vagner boshchiligidagi delegatsiya o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Keyl Vagner ayni damda GM Uzbekistan zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan Andijon mashinasozlik instituti talabalarini tizimli ravishda tanishtirish maqsadida amaliyotni aynan zavodning o’zida tashkil etish, GM Uzbekistan - Тoshkent shahridagi Тurin politexnika universiteti - Andijon mashinasozlik institutlari o’rtasida “Uchlik hamkorligi” ni yo’lga qo’yish orqali ta’lim-fan-ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha loyihalar ustida amaliy ishlar boshlanganligi to’g’risida ma’lumot berdi. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini AQSh universitetlarida, tegishli ishlab chiqarish joylarida malakalarini oshirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqilayotganligini tasdiqladi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF PAKHTACHI DISTRICT. Maked by: SAKTRM