Paxtachi avtomobil va yo’llar kasb-xunar kollejida joriy yilining 12 fevral kuni “Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yoshlar narkotikka qarshi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida tuman Mudofaa ishlari bo’limi boshlig’ining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Baxtiyor Тog’ayev boshchiligida Mudofaa vazirligiga qarashli Oliy Harbiy bilim yurtlari vakillari bilan kollej o’quvchilari o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida vakillar o’z bilim yurtlari haqida umumiy ma’lumotlar berdilar hamda Oliy Harbiy bilim yurtlari hayotini yoritib beruvchi videorolik namoyish etildi. Suhbat davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashishdi.