Paxtachi tumani “Barhayot Q.Rajabov” nomli MMTP hududida joylashgan “Jayhun paxta dalasi” fermer xo‘jaligi tomonidan 58,2 gektar yer maydonida paxta yetishtirilgan bo‘lib, paxta topshirish yuzasidan tuzilgan kontraktasiya rejasini oshig‘i bilan uddalandi.
Xo‘jalik a’zolari qisqa muddatlarda qabul maskanlariga 185,2 tonna o‘rniga 186,2 tonna sifatli paxta xom ashyosini topshirdilar.
Birinchi terimdanoq rejani 101 foizga bajardi.
Fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.